26 may 11:01
Yangiliklar
Tennis
Benua Per o'z vatanidagi sovrinni begona qilmadi
Franciyalik tennischi Benua Per Lion shahrida yakunlangan ATR turnirida bosh sovrin sohibiga aylandi.
Dunyo reytingida 51-pog'onadan joy olgan 30 yoshli Per final uchrashuvida 28-raketka, kanadalik 18 yoshli Feliks Ojega qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda Benua 6/4, 6/3 hisobida g'alaba qozondi.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Open Parc Auvergne-Rhône-Alpes Lyon turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Perga 90 390 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar