18 may 08:57
Yangiliklar
Futbol

Berlindagi o'yinda qiziq voqea ro'y berdi + FOTO
Xabaringiz bor, qayta tiklangan Germaniya chempionati bahslariga tomoshabinlar tashrif buyuurishlari mumkin emas.
Lekin "Union" — "Bavariya" uchrashuvini poytaxtlik bir janob baribir jonli ko'rishning uddasidan chiqdi. Muxlis daraxtga chiqib, o'yinni stadion atrofidan tomosha qilgan. Biroq ushbu janobning zavqi uzoqqa cho'zilmadi. Gap shundaki, mahalliy policiya xodimlari ishqibozni payqab qolgan va darhol daraxtdan tushirishga muvaffaq bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, mazkur bahs Myunxen klubi foydasiga hal bo'ldi (0:2).
Germaniya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar