24 iyu 14:30
Yangiliklar
Tennis
Bernarda Pera - 2022 yilda bittadan ko'p turnirda g'alaba qozongan beshinchi tennischi
AQSH vakilasi Bernarda Pera ikki hafta ichida ikkita musobaqada g'alaba qozondi.
U o'tgan haftada Budapeshtda, bu hafta esa Gamburgdagi turnirning bosh sovriniga ega bo'ldi. Bunga qadar AQSH vakilasi hech qanday WTA musobaqasida g'alaba qozonmagandi.
SHuningdek, Bernarda Pera bu yil hisobida bittadan ko'p turnirda g'alaba qozongan beshinchi tennischi bo'ldi. Unga qadar 2022 yilda Eshli Barti, Iga Svyontek, Ons Jaber va Beatris Xaddad Mayya bittadan ko'p turnirda g'alaba qozonishgandi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar