18 may 16:01
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" yulduzi "Real"ga yo'l olishi mumkin
"Real" shu yozda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardo Silva bilan shartnoma imzolashi mumkin.
AS nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" yarim himoyachisining agentlari futbolchining xizmatlarini madridliklarga taklif etgan.

"Qaymoqranglilar" yarim himoyasini kuchaytirish uchun turli variantlarni faol ravishda o'rganmoqda va Silva Madrid klubi uchun qiziqarli echim bo'lishi mumkin.
Bernardu joriy mavsum "Manchester Siti" safida 51 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
31 yoshli portugaliyalik xavbek hozirgi klubida 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda va sardorning shartnomasi iyun oyida tugaydi.
Havola :
Manba : AC
Fikrlar