So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

04 fev 21:53
Yangiliklar

Boshqalar

Beshariqda yangi sport zal foydalanishga topshirildi

Endi bu erdan ko'plab chempionlar etishib chiqadi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, aholi salomatligini yanada mustahkamlash, yoshlarni har tomonlama chiniqtirish, davlatning jahondagi obro'-etibori va nufuzini oshirishda sportning o'rni muhim. SHu bois yurtimizda ushbu yo'nalishda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan muhim qarorlar va dasturlar samarasi o'laroq O'zbekiston sportchilari jahon arenalarida yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Birgina Farg'ona viloyatining Beshariq tumanini oladigan bo'lsak, ushbu hududdan etishib chiqqan boks bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempioni Azizbek Rahmonov, professional boksda g'olibona odimlayotgan SHohjahon Ergashev, Murodjon Yoqubov, Bahrom Fozilov, Osiyo chempioni Zohid Sultonov va boshqa o'nlab sportchilar nomini bugun har bir yurtdoshimiz faxr bilan tilga olishadi.

Beshariqlik sportchilar erishayotgan ushbu yutuqlar zamirida tuman bolalar-o'smirlar sport maktabining o'rni beqiyos. Yaqinda qurib bitkazilgan hamda Beshariq tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi ixtiyoriga berilgan 18x30 metr o'lchamdagi zamonaviy, sendvich panelli sport zali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil “2020-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori asosida qisqa fursatda bunyod etildi. Ushbu sport zal va stadionni mukammal tamirlash uchun 3 mlrd. 880 mln. so'm mablag' sarflandi.

Kuni kecha sport zalining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo'raev, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Murodjon Dadaboev hamda boshqa mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi. Marosimda tuman hokimi R.Jo'raev ushbu muhtasham inshoatni qurilishida yaqindan ko'mak bergan Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga minnatdorlik bildirib, ramziy kalitni tuman BO'SM direktori R.Majidovga topshirdi.

Hech shubha yo'qki, barcha qulaylik va sharoitlarga ega ushbu majmuadan endilikda ko'plab chempionlar etishib chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing