18 mar 03:02
Yangiliklar
![](/upload/storage/57874_220.jpg)
Beshta gol kiritilgan derbida "Milan" "Inter"ga yutqazdi
Hisobni "Inter" azosi Vesino ochdi. Uning 3-daqiqada bergan aniq zarbasi oldida Janluiji Donarumma ojiz qoldi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlarida "Inter" hujumi yana gol bilan yakunlandi. Bu safargi gol muallifi Stefan de Vrey.
Oradan ko'p vaqt o'tmay, "Milan" yarim himoyachisi Timue Bakayoko hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.
67-daqiqada Martines penaltidan unumli foydalanib hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirdi. Musakkio 71-daqiqaga kelib, Gattuzo va uning shogirlari joniga oro kirgan holda hisobni bu safar aynan u qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.
Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va Luchano Spaletti shogirdlari Milan derbisida 3 ochkoni qo'lga kiritib, turnir jadvalidagi ochoklar sonini 53 taga etkazib olishdi. Ular "Milan"dan ikki ochko oldinga o'tib ketishdi.
Milan – Inter 2:3
«Djuzeppe Meacca (San-Siro)»
Gollar: 0:1 – 3 Vesino, 0:2 – 51 Stefan de Vrey, 1:2 – 57 Timue Bakayoko, 1:3 – 67, penalti Martines, 2:3 – 71 Musakko.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Rodriges, Romanoli, Lukas Paketa (Kastilexo, 46), Kessie, CHalxanoglu, Bakayoko, Suso, Piontek.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, SHkrinyar, Asamoa, de Vrey, Galyardini, Vesino, Perishich, Brozovich, Politano, Martines.
Ogohlantirishlar: Brozovich (14), Rodriges (32), Romanoli (66), Vesino (79), Suso (79), Konti (89), Galyardini (90).
Fikrlar