So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

15 fev 10:51
Yangiliklar

SHaxmat

Beshta turnirdan iborat Freestyle Chess Grand Slam`ning dastlabkisida kutilmagan chempion!

O'n kun davomida Germaniyaning Vayssenxaus shahri mezbonlik qilgan sovrin jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turniri o'z yakuniga etdi.

Musobaqada dunyoning reytingi baland 10 nafar grossmeysteri bosh sovrin uchun bahs olib bordi. Ular orasida 19 va 20 yoshli grossmeysterlarimiz Javohir Sindarov hamda Nodirbek Abdusattorovlar ham kuchli raqiblariga qarshi munosib qarshilik ko'rsatishdi. 

Javohir Nodirbekdan farqli ravishda turnir startiga juda oz qolganda musobaqaga qo'shildi. U hindistonlik afsonaviy shaxmatchi Vishvanatan Anandning o'rnini egalladi. Aynan Sindarov ushbu turnirga saralash vazifasini o'tab bergan musobaqa finaliga qadar etib kelgani uchun tashkilotchilar aynan uni Germaniyaga taklif qilishdi. O'sha saralash turniri finalida Sindarovni taslim etgan Vladimir Fedoseev Freestyle Chess Grand Slam`ni oxirgi o'rinda yakunladi. 

Kecha uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvda Javohir Sindarov norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Albatta, bu bahsda Javohirdagi charchoq alomatlari ham sezilib qoldi. U bir kun avval 1/2 finalda dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Fabiano Karuana bilan 7 partiyadan iborat 6 soatdan oshiq davom etgan juda qiyin match o'tkazgandi. Bu finalda o'ynagan Karuanaga ham tasir o'tkazgandi. 

20 yoshli Nodirbek Abdusattorov esa 5-o'rin uchun o'tkazilgan matchda dunyo reytingida uchinchi o'rindan joy olgan amerikalik 37 yashar Hikaru Nakamuraga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

SHu tariqa, Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam turniridagi ishtirokini 4-o'rin hamda 60 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan yakunladi. Nodirbek Abdusattorov 40 000 dollarga ega bo'ldi. Magnus Karlsen 3-o'rin bilan birga 100 000 dollariga boyidi. 

Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik Fabiano Karuana turnir kashfiyotiga aylangan germaniyalik 20 yoshli Vinsent Keymerga 0,5:1,5 hisobida yutqazib qo'ydi. Keymer o'z vatanidagi musobaqada chempion bo'lish barobarida 200 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritdi. Karuana esa 140 000 dollarga ega chiqdi.

Mukofot pullarining taqsimoti: 

CHempion - 200 000 AQSH dollari

2-o'rin - 140 000 

3-o'rin - 100 000 

4-o'rin - 60 000 

5-o'rin - 50 000

6-o'rin - 40 000 

7-o'rin - 30 000 

8-o'rin - 20 000 

9-o'rin: 12 500 

10-o'rin: 7 500.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing