28 dek 10:28
Yangiliklar
"Beybaris" - "Humo" uchrashuvi taqdirini yagona shayba hal qildi
Toshkentning "Humo" klubi ketma-ket 4 ta g'alabadan keyin autsayderlardan biri maydonida mag'lubiyatga uchradi. "Qanotlilar" Atirauda "Beybaris" klubi mehmoni bo'lib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Yagona shayba uchinchi bo'limning birinchi daqiqasida Ilya Kovzalov tomonidan kiritildi.
SHubhasiz, o'yin qahramoni mezbonlar darvozaboni Artyom Mikushin bo'ldi. U 46 ta zarbani qaytarishga muvaffaq bo'lib, o'z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Bugun jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv bo'lib o'tadi.
"Humo" kechagi mag'lubiyatdan keyin 39 ochko bilan 2-o'rindan 3-pog'onaga pastladi. SHuncha ochkoga ega, lekin "Humo"dan 4 ta uchrashuv kam o'tkazgan "Arlan" klubi 2-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam "Torpedo" 42 ochko bilan karvonboshilikni davom ettirmoqda. "Beybaris" kechagi g'alabadan keyin ochkolarini 17 taga etkazib, turnir jadvalida 10-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar