27 jan 15:30
Yangiliklar
Tennis

Beyder Fedorning nokauti haqida: "Men bu zarba ustida uzoq vaqt ishladim"
Bellator'ning og'ir va yarimog'ir vazn toifasidagi chempioni Rayan Beyder Fedor Emelyanenkoga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men ushbu zarba ustida uzoq vaqt ishladim. Fedor meni kurashishimni yoki o'ng tomondan zarba berishimni kutgandi. Ammo, biz aynan shuni rejalashtirgandik. Bu zarba yaxshigina darajada kuchli.
Fedor nimanidir isbotlashi shart emas. U buyuk jangchi va uyaladigan joyi yo'q. Bu mag'lubyat uning avvalgi xizmatlariga xech qanday tasir ko'rsatmaydi.
Endi nima qilaman? Mehmonxonaga boraman, pivo ichaman va uxlayman. Ertaga esa "Men qo'shaloq chempionman! Men Fedorni mag'lub etdim" deb baqiraman", - dedi Beyder.
Eslatib o'tamiz, bugun o'tkazilgan jangda Emelyanenko 35 soniya ichida Beyderga mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar