So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

10 fev 16:30
Yangiliklar

Boshqalar

Biatlondagi mojaro: Furkad sportchini yiqitdi, rossiyaliklar esa u bilan so'rashmadilar

Kecha Avstriyada biatlon bo'yicha jahon chempionati boshlandi.

Musobaqa boshlandi. Boshlanganda ham mojarolar bilan boshlandi. Bularning barchasi qanday sodir bo'ldi? Keling, bir boshidan ko'rib chiqamiz.

1. Franciyalik Marten Furkad rossiyalik sportchi Aleksandr Loginovni yiqitdi



Videoga etibor bergan bo'lsangiz, ushbu hodisa estafeta almashish vaqtida ro'y bergan. Marten estafetani berishi lozim bo'lgan sherigiga umuman etibor bermayapti. U asosiy etiborini "jabrlanuvchi" - Loginovga qaratgan. U atrofdagilarga sezdirmay rossiyalik sportchini yiqitib ketadi. Loginov yiqiladi. Marten esa hattoki uzr so'ramay o'z yo'lida davom etadi.

To'g'ri, Furkad Loginovni itarib yuborgani yo'q, oyog'iga ham tepmadi. U juda ham ayyorlik bilan raqibini yiqitdi. Malum bo'lishicha, u keyinchalik mikst-zonada efirdan tashqarida ushbu ishi uchun kechirim so'ragan.

Loginov: "Ketayotgandim. Estafetani topshirdim. Hech kimga tekkanim yo'q. Ataylabmi yoki yo'qmi? Buni takroriy vaziyatda ko'rish lozim. Hech kim bilan so'z urushi qilmoqchi emasman. O'zini qanday tutish, insonni o'ziga bog'liq".



SHipulin (Rossiyalik sportchi): Furkadga bo'lgan hurmatim yo'qoldi. Uni sportchi sifatida juda qadrlayman. Biroq, insoniy tomonlama olib qaraydigan bo'lsak, u yaxshi ish qilmadi. U ataylab Loginovni yiqitdi. Trassada Furkadning o'zini tutishidan buni bilib olsa bo'lardi".

2. Rossiyaliklar Furkadni qo'lini siqib ham qo'yishmadi, u esa marosimdan ketib qoldi



Sportchilar sovrinli o'rinlarni egalladilar. Loginov va SHipulin sovrindor bo'lgan barcha sportchilarni tabriklab chiqishdi. Albatta, Furkaddan tashqari. Hattoki, uning qo'lini siqib ham qo'yishmadi. Ular ham chiroyli ish qilganlari yo'q...



O'z o'rnida franciyalik sportchi qarsak chalib qo'ydi va... shohsupani tark etdi. Faqatgina tashkilotchilar va IBU prezidenti Anders Besseberglargina uni ortga qaytara oldilar.

Keyinchalik ushbu voqealarga Furkad quyidagicha munosabat bildirdi: "Rossiyalik yigitlar men bilan so'rashishni istamadilar. Bu men uchun syurpriz bo'ldi. Antonning aytishicha, bunga estafeta vaqtidagi voqea sabab bo'libdi. Ammo, men Loginovni itarib yubormadim. Barcha tushunsa kerak, men bunday harakat bilan jamoamni diskvalifikaciyaga olib keluvchi ishni amalga oshirmayman. Agar u meni deb yiqilib tushgan bo'lsa, kechirim so'rayman.

Loginovni qo'lini siqib qo'yishni istagandim. Biroq, u buni istamadi
".

Reyting: -1   

Fikrlar

   
17 fev 21:43:27
imran21
G'alati iw bupti
   
10 fev 19:31:28
Pakhtakor 1956
Pidaraz marten
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing