14 apr 22:25
Yangiliklar
SHaxmat
Bibisara Assaubaeva Sindarovni tabrikladi + FOTO
"Nomzodlar turniri" yakuniga bir tur qolgan bir paytda muddatidan avval chempionlikka erishgan Javohir Sindarov tabriklarni qabul qilishni boshlab yubordi.
Aynan "Nomzodlar turniri"ning ayollar o'rtasidagi bahslarida ishtirok etayotgan Bibisara Assaubaeva ham Javohirni bugungi tarixiy g'alaba bilan tabrikladi. Qozog'istonlik shaxmat malikasi o'zining telegramdagi rasmiy sahifasida birgalikda tushgan suratni joylab, uning ostida "Mening chempionim" deya yurakchani ham ilova qildi.
Taxminlarga haqiqatga o'xshaydi. Gukesh Dommaradju mag'lub etilib, Jahon toji qo'lga kiritilgach, navbat to'yga kelar! Nima dedinglar?

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar