So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

17 mar 09:07
Yangiliklar

Boshqalar

Bilasizmi? CHim ustida xokkey jamoamiz jahon reytingida 12-o'ringacha ko'tarilgan

Teglar :  CHim ustida xokkey
Bu malumotni chim ustida xokkey bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi vakili Rinat Ahmadulin Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejasi bo'yicha o'tkazilgan onlayn yig'ilishda aytib o'tdi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov ushbu sport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining rejalari bilan tanishdi. ZOOM platformasida o'tgan tadbirda O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxistov, Sport o'yinlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi direktori Jasur Akramov, MOQ hamda O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi mutasaddilari, terma jamoa murabbiylari ishtirok etishdi.

Jamoa rejalari bilan ayni paytda Andijondagi yig'inda bo'lib turgan murabbiy Rinat Ahmadulin tanishtirib o'tdi. Uning bergan malumotiga ko'ra, 2018 yil erkaklar jamoamiz jahon reytingida 12-pog'onagacha ko'tarila olgan. Hozir esa 55-o'rinda turibdi. Murabbiy tayyorgarlik doirasida Pokiston va Hindiston kabi Osiyodagi kuchli jamoalar bilan qo'shma yig'inda ishtirok etish rejalashtirilayotganini takidladi. O'z navbatida MOQ raisi ushbu sportni yurtimizda yanada ommalashtirish bo'yicha fikrlarini bildirib o'tdi.

“Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan Yashnobod tumanida chim ustida xokkeyga ixtisoslashgan maydon qurilmoqda. Nasib qilsa, uni zamonaviy inventarlar bilan jihozlab, jamoamizni yirik musobaqalarda ishtirok etishini taminlaymiz. O'z navbatida, murabbiylarimizdan karantin talablariga rioya qilgan holda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini davom ettirishlarini so'rab qolamiz. SHuningdek, selekciya ishlariga ham alohida ahamiyat qaratish zarur. Murabbiylarimiz Pokiston va Hindiston maktablarining kuchli metodikasini o'rganishsin. Bu sportda bizning ham o'z maktabimiz bor. Endi uni hozirgi zamonga moslashtirib olishimiz kerak”, – dedi MOQ raisi.

Suhbat davomida Rinat Ahmadulin poytaxtimizda chim ustida xokkey bilan shug'ullanadigan hech bir havaskorlar klubi yoki jamoasi yo'qligini takidladi. MOQ raisi ushbu sportni aholi va yoshlar orasida ommalashtirish uchun turli musobaqalar o'tkazish zarurligini takidladi. Buning birinchi namunasi sifatida “Navro'z” bayrami arafasidanoq turli tadbirlar o'tkazish bo'yicha ko'rsatma berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing