15 okt 12:50
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/20879_220.jpg)
Bilasizmi? Fayziev 10ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramoqda
Kecha tennischimiz Sanjar Fayziev Moskvadagi "Kreml Kubogi"ning saralash bosqich o'yinida kortga chiqdi.
Qozog'istonlik Mixail Kukushkinga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda u 6:4, 1:6, 6:7(2:7) hisobida yutqazib qo'ydi. Ushbu mag'lubiyat Sanjarning ketma-ket 10-mag'lubiyati bo'ldi. U so'nggi marotaba iyul oyida Germaniyada bo'lib o'tgan ITF turnirida chernogoriyalik CHungu ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.
O'sha g'alabadan so'ng tennischimiz bir necha turnirlarda ishtirok etdi. Afsuski, na yakkalik, na juftlik bahslarida Sanjar g'alaba qozona olmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar