21 jan 15:56
Yangiliklar
Bilasizmi? Istomin bungacha 2 marotaba "Ulkan toj"ning 4-bosqichiga chiqqan!
Avvalgi bosqichda Novak Jokovichni mag'lubiyatga uchratgan tennischimiz, bugun ispaniyalik Pablo Bustani mag'lub etdi va 4-bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
SHuni eslatib o'tmoqchimizki, Denis Istomin bungacha ham "Ulkan toj" turkumidagi turnirlarning 4-bosqichga yo'llanma ola bilgan.
Birinchi marotaba, u 2012 yili "Uimbldon"da ushbu bosqich o'yinida ishtirok etgan. O'shanda u chorak finalga chiqish uchun rossiyalik Mixail Yujniyga qarshi bahs olib borgan. O'shanda tennischimiz 2:3 (3:6, 7:5, 4:6, 7:6, 5:7) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Ikkinchi marotaba esa u 2013 yilning yozida "US Open"da ushbu bosqichgacha etib bora olgan. O'shanda uni hozirgi kundagi birinchi raketka Endi Marrey to'xtatib qolgandi. Britaniyalik tennischi Denisni o'sha bahsda 3:1 (6:7, 6:1, 6:4, 6:4) hisobida mag'lub eta olgan.
Bu safar Istominning oldida Marrey yoki Yujniy turgani yo'q. Jokovichni musobaqadan chiqarib yuborgan tennischimiz chorak finalga yo'l olishi uchun Grigorov yoki Gaskeni mag'lubiyatga uchratishi lozim bo'ladi! Bu esa uddalasa bo'ladigan ish. Olg'a, Denis!
Fikrlar