So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

23 may 11:15
Yangiliklar

Boshqalar

Bilol Erdogan boshchiligidagi delegaciya O'zbekistonga keldi

Teglar :  Bilol Erdogan
Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi azosi Bilol Erdogan va “Turkiya-O'zbekiston” parlamentlararo do'stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millati Majlisi azosi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi katta delegaciya Toshkent shahriga etib keldi.

Bugun Butunjahon etnosport konfederaciyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi azosi Bilol Erdogan va “Turkiya-O'zbekiston” parlamentlararo do'stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millati Majlisi azosi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi katta delegaciya Toshkent shahriga etib keldi.

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov, Turkiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Ahmad Bashar SHenlar kutib olishdi.

Turkiya delegaciyasining yurtimizga tashrifidan maqsad o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ularni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek kamondan o'q otish bo'yicha o'tkaziladigan «Fotih Kubogi» xalqaro turniriga bag'ishlangan konferenciyada ishtirok etishdan iborat.

Mehmonlar MOQ Prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilovlar hamrohligida Toshkentning diqqatga sazovor joylarini borib tomosha qildilar. Ular «Xalqlar do'stligi» maydoni, Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi hamda Amir Temur hiyoboniga tashrif buyurishdi.

SHundan so'ng, Toshkent vokzalidan “Afrosiyob” tezyurar poezidida Samarqand shahriga jo'nab ketishdi. Mehmonlar bugun jahonga mashhur «Registon» maydonida o'tkaziladigan kamondan o'q otish sport turi bo'yicha «Fotih kubogi» xalqaro turniriga bag'ishlangan konferenciyada ishtirok etishadi.

SHuningdek, Samarqandga tashriflari davomida delegaciya azolari shaharning diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalarini ko'zdan kechirishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing