20 iyu 10:07
Yangiliklar
Carukyanni mag'lub etgan Kolbi Kovingtonning keyingi raqibi Bilol Muhammad bo'ladi
Unga ko'ra, sobiq UFC jangchilari Kolbi Kovington hamda Bilol Muhammad RAF 12 turnirida o'zaro bellashadi.
Ushbu bahs 22 avgust kuni AQSHning Ogayo shtati, Klivlend shahridagi Rocket Arena majmuasida bo'lib o'tadi va turnirning ko-meyn iventi sifatida tashkil etiladi.

Jangga bo'lgan qiziqish RAF 11 turniridan keyin yanada kuchaydi. O'sha oqshomdagi matbuot anjumanida Kovington va Muhammad o'rtasida keskin tortishuv yuzaga kelgan edi.
Malumot uchun, Kolbi Kovington RAF promoushenida hozirgacha to'rtta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. RAF 11 turnirida u Arman Carukyanni mag'lub etib, promoushenning ilk Crossover chempioniga aylandi. Bilol Muhammad esa RAF 11 musobaqasida Ben Askrenni mag'lub etgan va tashkilotdagi hisobini 1 g'alaba hamda 1 mag'lubiyatga etkazgandi.
Fikrlar