06 okt 07:58
Yangiliklar
Tennis

Birgina Fayziev Shymkent Open turniri chorak finaliga chiqdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan Shymkent Open turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqaning asosiy to'rida ishtirok etayotgan hamyurtimizdan birgina Sanjar Fayziev chorak finalga yo'l oldi. Turnirning to'rtinchi raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz ikkinchi bosqichda rossiyalik Andrey Levinni 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Fayzievning chorak finaldagi raqibi yana bir rossiyalik tennischi, turnirning ettinchi raketkasi Ivan Davidov bo'ladi. Hamyurtlarimizdan Sergey Fomin turnirning uchinchi raqamli ishtirokchisi, rossiyalik Ivan Gaxovga 0:6, 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar