16 okt 13:28
Yangiliklar
Tennis
Birinchi raketka kutilmaganda musobaqani tark etdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida nufuzli ATP musobaqasi davom etmoqda.
Musobaqada birinchi saralangan tennischi Daniil Medvedev ikkinchi davrada AQSH vakili Reylli Opelkega qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 55 daqiqa davom etgan uchrashuvda rossiyalik tennischi kutilmaganda raqibiga 6:2, 5:7, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endi Reylli musobaqaning chorak finalida Xorvatiya vakili Borna CHorichga qarshi kortga chiqadi. Borna o'z o'rnida yana bir rossiyalik tennischi Roman Safiullinni musobaqadan chiqarib yubordi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar