30 may 14:30
Yangiliklar
Tennis

Birinchi raqamli SHaripova Andijondagi ishtirokini yakunladi
Andijon shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi “Fyuchers” toifasiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada bir necha nafar tennischilarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti.
Afsuski, bir necha daqiqa avval yakuniga etgan uchrashuvda turnirning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Sabina SHaripova mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Aniqrog'i, Sabina gruziyalik Maryam Bolkvadzega qarshi kechgan bahsni yakuniga etkaza olmadi. Birinchi setni 2:6 hisobida boy bergan SHaripova ikkinchi setning uchinchi geymidan so'ng bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytga kelib vakilamiz 0:3 hisobida ortda qolayotgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar