So’nggi yangiliklar

19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0

29 mar 15:46
Yangiliklar

SHaxmat

Birinchi Rustam Qosimjonov turnirida g'olib va sovrindorlar malum

Biroz avval ilk bor poytaxtimiz mezbonligida o'tgan Rustam Qosimjonov xalqaro turniri o'z yakuniga etdi.

Xabar berganimizdek, kuchli grossmeysterlar jam bo'lgan "Masters" guruhida hamyurtimiz Javohir Sindarov bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi. Olimpiada chempioni 9 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi turda Jahongir Vohidovni mag'lubiyatga uchratgan eronlik Parham Magsudlu 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Yana bir hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov esa sovrinli uchinchi o'rinni band etdi. 

Bugun kutilmaganda 4 ta bahsning 3 tasida mag'lubiyatga uchragan Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko bilan 5-o'rin bilan kifoyalandi. To'rtinchi pog'onaga joylashgan rossiyalik Aleksandr Grishuk hamda 6-o'rindagi ozarbayjonlik SHaxriyar Mamediyarovda ham 4,5 ochko bor. Turnir asoschisi Rustam Qosimjonov 3,5 ochko bilan 8-o'rindan joy oldi. 

So'nggi 9-tur natijalari

"Masters" guruhi

SHahriyar Mamediyarov (Ozarbayjon, 2703) - SHamsiddin Vohidov (O'zbekiston, 2514) 1/2-1/2

Jahongir Vohidov (O'zbekiston, 2513) - Parham Magsudlu (Eron, 2660) 0-1

Javohir Sindarov (O'zbekiston, 2578) - Jorden Van Forest (Niderlandiya, 2682) 1/2-1/2

Aleksandr Grishuk (FIDE, 2731) - Rustam Qosimjonov (O'zbekiston, 2662) 1/2-1/2

Nodirbek Yakubboev (O'zbekiston, 2577) - Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2714) 1/2-1/2

"CHellenjers" guruhida esa serbiyalik Aleksandr Idjich 6,5 ochko bilan Rustam Qosimjonov xalqaro turniri g'olibiga aylandi. Hamyurtimiz Ortiq Nig'matov 6,5 ochko bilan qo'shimcha koefficentlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi. Sovrinli uchinchi o'rin "CHellenjers" turnirida birinchi tartib raqamda tasniflangan armanistonlik Gabriel Sargissyanga nasib etdi.

"CHellenjers" guruhi

Gabriel Sargissyan (Armaniston, 2628) - Aleksandr Indjich (Serbiya, 2543) 1/2-1/2

Vahap Sanal (Turkiya, 2548) - Humoyun Begmuratov (O'zbekiston, 2228) 1-0

Abdumalik Abdusalimov (O'zbekiston, 2333) - Aleksandr Donchenko (Germaniya, 2590) 0-1

Saidakbar Saydaliev (O'zbekiston, 2276) - Muhammadali Abdurahmonov (O'zbekiston, 2237) 1-0

Akmal Fayzullaev (O'zbekiston, 2311) - Ortiq Nig'matov (O'zbekiston, 2344) 0-1

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing