25 mar 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bivol chempionlik kamaridan voz kechgani yaxshiroq, Benavides bilan jang bo'lmaydi" - promouter
Amerikalik Devid Benavidesning promouteri Sempson Levkovich rossiyalik mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol uning shogirdiga qarshi jang qilishiga ishonmayapti.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Butunjahon boks kengashi (WBC) Bivol va Benavides 8 aprelga qadar jang haqida kelishib olishlari kerakligini malum qilgan edi.
"Men Bivolga chempionlik kamaridan voz kechishni tavsiya qilgan bo'lardim. Bu jang bo'lmaydi. SHunday ekan, kamarni shunchaki topshir. Nega jang bo'lmaydi? CHunki puldor odam (Turki al ash SHayh) bu jangni xohlamaydi", — dedi Levkovich.
Malumot uchun, Dmitriy Bivol ayni paytda yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. 28 yoshli Benavides (30-0, 24 KO) esa vaqtinchalik WBC kamari egasiga aylangan.
Havola :
Manba : Fight Hub
Fikrlar