So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

01 may 16:44
Yangiliklar

Boshqalar

“Biz sog'lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida mamlakatimizda sport oyligi boshlandi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan may oyi Respublikamizda sport oyligi deb elon qilindi.

Bugun MOQ qo'l urgan ushbu yangi loyihaga start berildi. Unda ilgari surilgan “Biz sog'lom turmush tarafdorimiz” jumlasi yuzlab yosh sportchilarning qalbidagi shiorga aylandi. Aynan ushbu shior bilan boshlangan yangi fleshmob sekin-asta Respublikamiz hududini qamrab olmoqda. 



Bunday sport oyligini elon qilish, avvalo, ommaviy sport bilan shug'ullanuvchi qatlamni oshirish va har bir fuqaroni sog'lom turmush tazriga jalb qilishdir. MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ham bu jihatga alohida etibor qaratib o'tdi.

“Biz joriy qilgan oylik murakkab sport turlarini qamrab olmagan. Unda asosan basketbol, futbol, voleybol, gandbol kabi o'yin sport turlarini uchratish mumkin. Rejada maktabgacha talim muassasalari, maktab va oliy o'quv yurti vakillari uchun alohida dastur ishlab chiqilgan. Misol uchun, maktabgacha talim va kichik yoshdagi o'quvchilar uchun “Quvnoq startlar” sport o'yinini joriy qilganmiz. Umuman sport dasturlari bo'yicha nizom ishlab chiqqanmiz va bu bilan kerakli federaciyalar va talim muassasalari tanishib chiqishgan”, – dedi Jasur Matchanov.



Tabiiyki, bunday yirik sport tadbiri sportimiz faxriylarini befarq qoldirgani yo'q.

“Bola yoshligida televizor qarshisida turib sportga bo'lgan qiziqishi ortadi, unga mehr beradi. Ota-onasi ham bundan xursand bo'lib, farzandini shu sportga berishni boshlaydi. O'zbek xalqi to'y-marosimlarida kurash qiladi. SHu kabi tadbirlarda juda ham ko'p iqtidorlarni ko'rish mumkin. Biz ham shu to'y kurashlarida ishtirok etib, katta sportga keldik, jahon ko'rdik, dunyo birinchiligi va Olimpiya o'yinlarida ishtirok etdik. O'ylaymmanki, bunday ommaviy sport tadbirlarining tashkil qilinishi yangi nomlarni kashf qilishda katta yordam beradi”, – deydi dzyudo bo'yicha Pekin Olimpiadasi finalchisi Abdullo Tangriev.

Sport oyligi 31 mayga qadar davom etadi. Unda yurtimizning barcha tuman va shaharlari bo'yicha ko'plab ommaviy musobaqalar tashkil qilish rejalashtirilgan bo'lib, yakunda Respublika bosqichi bo'yicha g'olib va sovrindorlarni aniqlab olish rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing