So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

17 apr 15:37
Yangiliklar

Boshqalar

Biz yanada kuchli bo'lamiz!

Bugun koronavirus pandemiyasi o'zining ko'lami va miqyosiga ko'ra mislsiz global inqirozga, butun bashariyat taqdiri va jahon iqtisodiyoti uchun g'oyat jiddiy sinovga aylandi.

Savdo-iqtisodiy, investiciya, moliya, transport-kommunikaciya va sport sohalari ham bundan aziyat chekmoqda.

Iqtisodiy jihatdan qudratli va sog'liqni saqlash tizimi rivojlangan davlatlar ham endilikda bu ofatdan sarosimaga tushayotgani sir emas. Ana shunday murakkab sharoitda O'zbekistonda tanlangan yo'l,
Prezidentimizning shu yil 19 mart kungi 5969-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 23 mart kungi 176-sonli qarorida belgilangan qatiy chora-tadbirlar koronavirusni “jilovlash”, infekciyaning aholi o'rtasida keng tarqalishining oldini olishga xizmat qilmoqda.

Yurtboshimiz tomonidan o'tkazilayotgan har bir videoselektor yig'ilishida xalqimizga murojaat qilinib, yurtdoshlarimizni bir musht bo'lib jipslashish, hamjihatlikda karantin tartib-qoidalariga qatiy amal qilishga chaqirilmoqda.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tomonidan ham yuqoridagi Farmon va qaror ijrosini so'zsiz taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Avvalo, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda qo'shma qaror qabul qilindi. Unda sport turlari bo'yicha Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari va boshqa musobaqalarga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi azolarining o'quv-mashg'ulot yig'inlari, respublika hududida o'tkazilishi rejalashtirilgan sport tadbirlari va musobaqalar vaqtincha to'xtatildi.

Sportchilar endilikda individual reja asosida mashg'ulotlarni olib bormoqdalar, murabbiylar tomonidan ularni nazorat qilish yo'lga qo'yildi. Qo'mitada tuzilgan tezkor shtab bu ishlarni muvofiqlashtirib turibdi. Barcha xodimlar karantin davrida uyda bo'lishlari, karantin talablariga qatiy rioya qilishlari, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishlari haqida ularga muntazam tushuntirish va ogohlantirishlar berib borilmoqda.

Takidlash lozimki, Qo'mita xodimlarining muayyan qismi mehnat qonunchiligi talablari bo'yicha navbatdagi mehnat tatiliga chiqarildi. O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan shu yil 25 mart kuni tasdiqlangan “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o'tkazishning vaqtinchalik tartibi to'g'risida”gi Nizom talablari asosida Qo'mita ish faoliyati uzluksiz onlayn va masofadan ishlash rejimiga o'tkazildi.

Onlayn tarzda xodimlar har kuni jismoniy mashg'ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar, zaruriyatga qarab, masul xodimlarning bu boradagi hisobotlari ham eshitib borilmoqda.

Qo'mita kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarni karantin davrida ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, oila davrasida madaniy-marifiy tadbirlardan bahramand bo'lishlariga ko'maklashilmoqda. Ayni vaqtda, xodimlar uy sharoitida vaqtni samarali o'tkazish, sport, pazandalik va kitobxonlik sirlari haqida o'rtoqlashishmoqda.

Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni qo'llab-quvvatlaymiz, va ishonchimiz komilki, birdamlikda bu sinovlarni muvaffaqiyat bilan engib o'tamiz.

Biz bu sinovlarni engib, yanada kuchli bo'lamiz!

MOQ Yuridik xizmat departamenti
direktori Mahmud YARMATOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing