So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

30 dek 12:37
Yangiliklar

SHaxmat

Blic bo'yicha jahon chempionati. Omonova shov-shuv ko'tardi, Abdusattorov Top-10`talikda! (FOTO+JADVAL)

Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilayotgan FIDE Jahon chempionatida Blic bo'yicha bahslar boshlandi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 70 davlati vakillari orasida O'zbekiston terma jamoasining 15 nafar shaxmatchisi ham ishtirok etmoqda. Rapid bahslarida sovrinli o'rinlarsiz qolgan hamyurtlarimiz bor etiborlarini blic, yani tezkor shaxmat musobaqasiga qaratishgan. 

Kecha blic bo'yicha jahon chempionatining birinchi kuni ayollar 10, erkaklar 13 ta turda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. Ayol shaxmatchilar musobaqasida Umida Omonova yaxshigina shov-shuv ko'tardi. Hamyurtimiz ketma-ket 6 ta uchrashuvda g'alaba qozondi. U kechagi 8 ta g'alabasi evaziga 10 imkoniyatdan 8 ochko jamg'ardi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog'onadagi rossiyalik Aleksandra Goryachkina hisobida ham 8 ochko bor. Niderlandiyalik Elin Roybers 8,5 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Bugun 11-turda Umida Omonova aynan Roybersga qarshi bahs olib boradi.   

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda kecha 13 ta tur o'tkazildi. Hozircha eng yaxshi natijamiz Nodirbek Abdusattorovda, u 9 ochko bilan 10-o'rinni band etgan. Kecha Javohir Sindarovga qarshi kechgan o'zbek derbisida kuchlar teng keldi. Javohir 8,5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 25-pog'onada bormoqda. 

Hindistonlik Arjun Ergaisi, francuz Maksim Vashe-Lagrav va amerikalik Fabiano Karuana 10 tadan ochko jamg'arib, Top-3`talikdan joy olgan. Rossiyalik Daniil Dubov, xitoyliklar Lu SHangley, YU Yangyi, gruziyalik Baadur Jobava, amerikalik Uesli So va rossiyalik Aleksandr Grishuk 9,5 tadan ochkoga ega.   

SHaxmatchilariimizning Blic bahslari 1-kunidan keyingi o'rinlari:

Erkaklar:

1. Nodirbek Abdusattorov – 9 ochko, 10-o'rin

2. Javohir Sindarov – 8,5 ochko, 25-o'rin

3. Nodirbek Yakubboev – 7,5 ochko, 80-o'rin

4. Muhiddin Madaminov – 7 ochko, 98-o'rin

5. SHamsiddin Vohidov – 6,5 ochko, 121-o'rin

6. Muhammadzohid Suyarov – 6 ochko, 152-o'rin

7. Islombek Sindarov – 5,5 ochko, 189-o'rin

8. Jahongir Vohidov – 5,5 ochko, 195-o'rin

9. Humoyun Begmuratov – 5 ochko, 200-o'rin

Ayollar:

1. Umida Omonova – 8 ochko, 3-o'rin

2. Gulruhbegim Toxirjonova – 6 ochko, 37-o'rin

3. Madinabonu Xalilova – 5,5 ochko, 45-o'rin

4. Afruza Hamdamova – 5,5 ochko, 55-o'rin

5. Guldona Karimova – 3,5 ochko, 121-o'rin

6. Nilufar Yakubbaeva – 3 ochko, 125-o'rin

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing