So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

31 dek 08:47
Yangiliklar

SHaxmat

Blic bo'yicha jahon chempionatidagi eng yaxshi natijamiz 36-o'rin bo'ldi

AQSHning Nyu-York shahri mezbonlik qilayotgan shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Biroz avval jahon chempionatining blic, yani tezkor shaxmat bahslarida saralash bosqich uchrashuvlari yakunlanib, pley-offga yo'l olgan shaxmatchilar malum bo'ldi. Afsuski, blic grossmeysterlarimiz uchun omadsiz keldi. O'tkazilgan 13 ta partiyada eng yaxshi natijamiz 8 ochko va 36-o'rin bo'ldi. 

Erkaklar o'rtasidagi musobaqada SHamsiddin Vohidov (2593) 13 imkoniyatdan 8 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 36-o'rinni egalladi. Javohir Sindarov (2628) va Nodirbek Abdusattorov (2707) ham 8 ochkodan to'plashdi. Ular mos ravishda 37 va 39-pog'onalardan joy olishdi. Jahongir Vohidov (2546) 7,5 ochko bilan 57, Muhiddin Madaminov (2471) esa 6,5 ochko bilan 87-o'rin bilan kifoyalandi.

Uch nafar grossmeyterimiz oz bo'lsa-da, umumiy mukofot jamg'armasidan ulushga ilinib qolishdi. SHamsiddin Vohidov, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov 1562 AQSH dollari miqdorida pul mukofotini qo'lga kiritishdi. Jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil qiladi.   

O'n uch tur yakunlariga ko'ra Top-8`talikka kirgan shaxmatchilar pley-off bosqichiga yo'l olishdi. Bu grossmeysterlarning bari 9,5 tadan ochko jamg'arishdi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra, FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiy birinchi o'rinni egalladi. Kuchli sakkizlikka rapid bahslarida jahon chempionligini qo'lga kiritgan 18 yoshli rus shaxmatchisi Volodar Murzin yakun yasab berdi. 

Bugun 1/4, 1/2 hamda hal qiluvchi final bahslari o'tkaziladi va qizig'i, chorak finalda rus derbisiga guvoh bo'lamiz. Nepomnyashiy Murzin bilan hisob-kitob qiladi. Saralashda mag'lubiyatga uchramagan ikkinchi ishtirokchi Magnus Karlsen AQSH vakili Xans Niemann bilan to'qnash keladi.     


Blic jahon chempionati. 1/4 final juftliklari:

Yan Nepomnyashiy (FIDE) - Volodar Murzin (FIDE)

Uesli So (AQSH) - Alireza Firuzja (Franciya)

Fabiano Karuana (AQSH) - Yan-Krishtof Duda (Polsha)

Magnus Karlsen (Norvegiya) - Xans Niemann (AQSH)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing