30 dek 08:02
Yangiliklar
SHaxmat
Blic-shaxmat. Yana bir hamyurtimiz chempionlik sari dadil odimlamoqda. Ikkinchi yo'nalishda ham oltin yuta olamizmi?
Varshava shahrida blic-shaxmat bo'yicha jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Kecha chempionat doirasida 12 ta tur o'yinlari o'tkazildi. Quvonarlisi, musobaqada 12 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg'ara olgan Javohir Sindorov beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Bahslarda 179 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Rapid yo'nalishida jahon chempionligini qo'lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov esa 6,5 ochko bilan 65-o'rindan joy olgan. SHamsiddin Vohidov 6 ochko bilan 86, Jahongir Voxidov esa 5,5 ochko bilan 110-pog'onani band etgan.
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00dan so'ng 13-tur o'yinlari boshlanadi. Blic-shaxmatda chempionat 21 ta tur davom etadi.
Bugun o'tkaziladigan bahslarda shaxmatchilarimizga omad tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
арз қилишфикрга жавоб бериш