27 mar 10:20
Yangiliklar
Futbol

Blind Gollandiya terma jamoasidan istefoga chiqarildi
Danni Blind Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi.
JCH-2018 saralash bosqichida Bolgariyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin mamlakat futbol federaciyasi rahbariyati 55 yoshli mutaxassis bilan tuzgan shartnomani bekor qildi.
Gollandiyaliklar saralash bahslarini omadsiz boshlab, 5 ta o'yinda atigi 7 ochko to'plashdi. Beshinchi turdan keyin jamoa turnir jadvalida etakchilik qilayotgan Franciyadan olti ochkoga ortda qolgan holda 4-pog'onani band etib turibdi.
Endilikda ushbu terma jamoani Italiyaga qarshi kechadigan o'rtoqlik uchrashuvida Blindning yordamchisi Fred Grim maydonga boshlab tushadi.
Havola :
Fikrlar