So’nggi yangiliklar

18:22Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахмин билдирди 0 18:01"Мушукчалар". Илия Топурия Макгрегор — Холлоуэй жанги учун тахмин билдирди 0 17:40Ислам Махачев UFC 6 ўйинидаги образи дизайнига ҳазиломуз муносабат билдирди (+ФОТО) 0 17:19"Олтин авлод" шиддати: Болгария 1994 йилги мундиалда қандай қилиб дунёни лол қолдирган эди? 0 16:58"Менда бокс юзига айланиш учун барча имконият бор" - Гарсия 0 16:37Ғиёсов – Кэттерол жанги: Шаҳрамнинг чемпионлик синови ёки Британия мактабининг навбатдаги имтиҳони? (Мутолаа учун) 0 16:16Ҳумоюн Султонов Австрия турнири вице-чемпиони 0 15:55Бруну Фернандеш — АПЛда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси 0 15:34Илия Топурия қандай ҳолатда Макгрегор билан жанг қилишини айтди 0 15:13Озода Собиржонова Осиё чемпиони! Ҳисобимиздаги медаллар сони 8 тага етди 0 14:52"Мен тайёрман, очкўз бақалоқ" - Александр Усик Фьюри билан трилогия ҳақида гапирди 0 14:31А Сериянинг иккита клуби Салоҳга даъвогарлик қилмоқда 0 14:10Бугун Шаҳрам Ғиёсов Мисрда жанг қилади (жанг вақти + трансляция) 0 13:49Теренс Кроуфорд: "Рингда исботлайдиган ҳеч нарсам қолмади" 0 13:28Ган Перейранинг кўзларини эҳтиёт қилмоқчи эмас: "Бу ММА!" 0

23 may 17:19
Yangiliklar

Futbol

"Oltin avlod" shiddati: Bolgariya 1994 yilgi mundialda qanday qilib dunyoni lol qoldirgan edi?

Teglar :  BolgariyaJCH-1994
Jahon chempionatlari o'zining kutilmagan yurishlar qilgan, grandlarni shoshirib qo'ygan "sensacion" jamoalari bilan go'zal.

Futbol tarixida shunday sahifalar borki, ularni vaqt o'tgani sayin qadrliroq eslaymiz. Yaqindagina mundiallar tarixida o'ziga xos xayrat va shiddat qoldirgan Ruminiya terma jamoasi haqida hikoya qilgan edik. Bugungi navbat esa o'sha davrda ruminlardan qolishmagan, hatto ulardan ham uzoqroqqa borgan, 1990 yillarda dunyo futbol muxlislarining yoqimtoyiga aylangan Bolgariya terma jamoasiga.

1994 yilgi AQSH mundiallari ko'plab kashfiyotlarni taqdim etgan, ammo ularning orasida Dimitar Penev boshchiligidagi Bolgariyaning qilgan yurishi chinakam "ertak" edi. Bu shunchaki omad emas, balki Evropada o'z so'zini ayta boshlagan, tarkibi legionerlarga to'la kuchli bir avlodning portlashi edi.

gettyimages-2152695179-2048x2048.jpg



Evropada nom qozongan legionerlar va "Barselona" yulduzi


O'sha paytlarda Bolgariya terma jamoasi tarkibiga nazar tashlagan har qanday raqib cho'chishi tabiiy edi. Jamoaning asosiy o'zagi kuchli Evropa chempionatlarida to'p tepadigan legionerlardan iborat edi. Darvozada Franciyaning "Myuluz" klubi sharafini himoya qiluvchi, jamoa sardori va ruhiy etakchi Borislav Mixaylov turardi. Himoyada SHveycariyaning "Ksamaks" klubidan kelgan va o'zining vajohatli o'yini, murosasiz kurashlari bilan tanilgan Trifon Ivanov raqib hujumchilariga tinchlik bermasdi. Germaniyaning "Gamburg" klubida o'ynaydigan Petar Xubchev va Yordan Lechkov jamoaning taktik intizomini belgilab berishardi.

Darvozabonlar: Borislav Mixaylov (sardor, "Myuluz", Franciya), Plamen Nikolov ("Levski", Bolgariya).

Himoyachilar: Emil Kremenliev ("Levski", Bolgariya), Trifon Ivanov ("Ksamaks", SHveycariya), Canko Cvetanov ("Levski", Bolgariya), Petar Xubchev (“Gamburg", Germaniya), Nikolay Iliev ("Renn", Franciya), Iliyan Kiryakov ("Merida", Ispaniya).

Yarim himoyachilar: Zlatko Yankov ("Levski", Bolgariya), Yordan Lechkov ("Gamburg", Germaniya), Daniel Borimirov ("Levski", Bolgariya), Ivaylo Yordanov ( "Sporting", Portugaliya), Boncho Genchev (“Ipsvich Taun", Angliya), Georgi Georgiev ("Myuluz", Franciya), Krasimir Balakov ("Sporting", Portugaliya).

Hujumchilar: Emil Kostadinov ("Portu", Portugaliya), Xristo Stoichkov ("Barselona", Ispaniya), Nasko Sirakov ("Levski", Bolgariya), Petar Mixtarski ( "Pirin", Bolgariya), Petar Aleksandrov ("Levski", Bolgariya), Velko Yotov ("Espanol", Ispaniya), Ivaylo Andonov ("CSKA", Bolgariya).

gettyimages-1064472846-612x612.jpg


Yarim himoya va hujum chizig'i esa chinakam "dahshatli kuch" edi. Portugaliyaning "Sporting" klubi azosi Krasimir Balakov maydon markazini to'liq nazorat qilar, hujumlarni tashkil etishda unga "Portu" yulduzi Emil Kostadinov ko'maklashardi.

Lekin bu yulduzlar karvonining eng yorqin charog'boni, shubhasiz, Ispaniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Xristo Stoichkov edi. Yoxan Kroyfning "Orzular jamoasi" (Dream Team) azosi bo'lgan Stoichkov o'sha paytda faoliyatining cho'qqisida edi va AQSH yashil maydonlarini o'z benefisiga aylantirishni maqsad qilgandi.

Omadsiz startdan buyuk g'alabalar sari: "D" guruhi qissasi

Bolgariya uchun turnir juda muvaffaqiyatsiz boshlandi. Guruhning ilk o'yinida ular jismoniy jihatdan baquvvat va tezkor bo'lgan Nigeriya terma jamoasidan qaqshatqich zarba qabul qilib olishdi — 0:3. Bunday mag'lubiyatdan so'ng ko'pchilik bolgarlarning guruhda qolib ketishini taxmin qilgandi.

Ammo ikkinchi turda Greciya ustidan qozonilgan yirik 4:0 hisobidagi g'alaba (Stoichkov dubl qayd etgandi) jamoaga o'ziga bo'lgan ishonchni qaytardi. Guruhdagi so'nggi, hal qiluvchi bahs esa Diego Maradona bilan bog'liq doping mojarosi sabab karaxt ahvolga tushib qolgan Argentinaga qarshi edi. Bolgarlar ushbu imkoniyatni qo'ldan boy berishmadi. Stoichkov va Sirakov tomonidan kiritilgan gollar Argentinani 2:0 hisobida tiz cho'ktirdi. SHu tariqa, Bolgariya guruhda ikkinchi o'rinni band etib, pley-offga yo'l oldi.

gettyimages-79041828-2048x2048.jpg

Pley-off: Meksika bilan asablar urishi va Germaniyaning taxtdan ag'darilishi

Nimchorak finalda Bolgariyani noqulay raqib — Meksika kutib turardi. Uchrashuvning asosiy vaqti Stoichkov va Garsiya Aspening gollari evaziga 1:1 hisobida yakunlandi. Ekstra-taymlarda ham g'olib aniqlanmagach, navbat lotereya — penaltilar seriyasiga keldi. Bu erda tajribali darvozabon Borislav Mixaylov o'z mahoratini ko'rsatdi. Meksikaliklarning uchta zarbasini qaytargan bolgarlar seriyada 3:1 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l olishdi.

CHorak finalda ularni amaldagi Jahon chempioni — qudratli Germaniya kutardi. Lotar Matteus 56-daqiqada penaltidan gol urib, nemislarni oldinga olib chiqqanda, ko'pchilik Bolgariyaning ertagi tugadi deb o'ylagandi. Biroq 75-daqiqada Xristo Stoichkov jarima zarbasidan gol urib, muvozanatni tikladi. Oradan atigi uch daqiqa o'tib, 78-daqiqada "Gamburg" yarim himoyachisi Yordan Lechkov o'zi to'p tepadigan o'lka jamoasi darvozasiga boshi bilan unutilmas golni urdi va Germaniyani uyiga ravona qildi — 2:1! Dunyo lol qolgan, Bolgariya kuchli to'rtlikda edi.

Yarim final va uchrashuvlar yakuni


Yarim finalda Bolgariyani Roberto Bajo etakchiligidagi Italiya to'xtatib qoldi. Bajoning birinchi bo'limdagi dubliga Stoichkov penaltidan bir marta javob qaytara oldi, xolos — 1:2.

Uchinchi o'rin uchun bahsda esa kuchli charchoq va ruhiy tushkunlik o'z so'zini aytdi. Bolgarlar turnirning yana bir kashfiyoti bo'lgan SHveciyaga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib, faxrli 4-o'rin bilan kifoyalanishdi. SHunga qaramay, Xristo Stoichkov 6 ta gol bilan mundial to'purariga aylandi va o'sha yili "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritdi.

gettyimages-2159389613-2048x2048.jpg



Oxirgi akkord: 1998 yilgi vidolashuv

Ming afsuski, har qanday buyuk avlodning ham o'z yakuni bo'ladi. 1994 yilgi qahramonlikdan so'ng, Bolgariya 1996 yilgi Evropa chempionatida qatnashdi. Ko'p o'tmay, 1998 yili Franciyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati ushbu "Oltin avlod" uchun oxirgisi bo'ldi. Tarkib qarigan, avvalgi shiddat so'ngan edi. Jamoa guruhda bor-yo'g'i 1 ochko to'plab, musobaqani erta tark etdi. SHundan so'ng Bolgariya terma jamoasi boshqa hech qachon Jahon chempionati final bosqichlariga yo'llanma ololmadi.

Ammo 1994 yilgi AQSH yozida Stoichkov, Lechkov, Ivanov va Mixaylovlar ijro etgan o'sha futbol sehri millionlab qalblarda Bolgariya futbolining eng buyuk ertagi bo'lib abadiy qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing