07 mar 10:48
Yangiliklar
Tennis
BNP Paribas Open. 16 yoshli Mirra Andreeva ilk davrada kortga chiqdi
Dunyoning 38-raketkasi Mirra Andreeva AQSHning Indian-Uells shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Rossiyalik iqtidor egasi birinchi davrada WTA reytingida 131-pog'onada borayotgan amerikalik Keti Volinecga qarshi kortga chiqib, kutilmaganda 5/7, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi Volinec BNP Paribas Open turnirining ikkinchi bosqichida tunislik Ons Jaberga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar