09 mar 08:35
Yangiliklar
BNP Paribas Open. Dunyoning birinchi raketkasi boshladi
Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaras o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshladi. Ispaniyalik tennischi ATP reytingida 42-pog'onani egallab turgan bolgariyalik tajribali raqibi Grigor Dimitrovni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Karlos foydasiga yiriklashdi - 5:2. Oltmish etti daqiqa davom etgan bahsda Alkaras 6, Dimitrov 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Grigorda ko'proq bo'ldi - 5 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik Karlos foydasiga - 3 ga 0.
Endi Karlos Alkaras BNP Paribas Open turnirining uchinchi bosqichida Artyur Rinderkneshga qarshi kortga chiqadi. Franciyalik tennischi argentinalik Xuan Manuel Serundoloning kortga chiqmagani ortidan kurashsiz uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi.

Fikrlar