11 okt 16:27
Yangiliklar
Tennis
BNP Paribas Open. Simona Xalep turnirni tark etdi
Jahonning 17-raketkasi ruminiyalik tennischi Simona Xalep Indian-Uells turnirining uchinchi davrasida WTA reytingida 100-pog'onani egallab turgan belaruslik Aleksandra Sosnovichga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 38 daqiqa davom etgan uchrashuvda Xalep Sosnovichga 5/7, 4/6 hisobida yutqazib qo'ydi va turnirni tark etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 1:1 ko'rinishiga keldi.
BNP Paribas Open musobaqasining to'rtinchi davrasida Sosnovich hamyurti Viktoriya Azarenka bilan kurash olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar