16 okt 13:22
Yangiliklar
Tennis
BNP Paribas Open. Viktoriya Azarenko finalda!
Belaruslik Viktoriya Azarenko Indian-Uellsda o'tkazilayotgan musobaqaning 1/2 finalidagi "to'siq"ni engib o'tdi va finalga chiqdi.
U latviyalik Elena Ostapenkoni mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 2 soatu 22 daqiqa davom etgan. Jahonning 32-raketkasi WTA reytingida 29-o'rinni egallab turgan Ostapenkoni 3/6, 6/3, 7/5 hisobida engdi.
Belaruslik sportchi o'zaro uchrashuvlardagi farqni oshirdi - 2:0. Endi Azarenko BNP Paribas Open turnirining finalida ispaniyalik Paula Badosaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar