14 mar 07:34
Yangiliklar
Tennis
BNP Paribas Open. Xachanov 9-raketkani taslim etdi
Dunyoning 13-raketkasi Karen Xachanov Indian-Uells turnirining chorak finaliga yo'l oldi.
Rossiyalik tennischi nimchorak final uchrashuvida dunyoning to'qqizinchi raketkasi amerikalik Jon Isnerni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Karen 1 soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda kuchli raqibidan 6/4, 7/6(1) hisobida ustun keldi.
Etiborlisi, Karen bitta, Jon esa 12ta eys zarbasini berishga muvaffaq bo'lgan. Xachanov Isner uchun noqulay raqib hisoblanadi. O'zaro o'tkazilgan to'rtta uchrashuvning barchasida Karenning qo'li baland kelgan. Endi Xachanov chorak finalda Rafael Nadal bilan kuch sinashadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar