12 jan 13:55
Yangiliklar
Futbol

Bobur Davlatov Rossiya klubi safida Turkiyada yig'inda qatnashmoqda
O'zbekistonlik yarim himoyachi Bobur Davlatov faoliyatini Rossiya birinchi divizionida davom ettirishi mumkin.
Nijnekamskning "Nefteximik" klubi 10 yanvar kuni Turkiyada yig'in boshladi. Ushbu yig'inda Bobur Davlatov ham ishtirok etmoqda.
O'tgan
mavsum Davlatov Qozog'istoning "Aktobe" klubida o'ynagandi. O'shanda jamoa
murabbiyi bo'lgan Yuriy Utkulbaev ayni paytda "Nefteximik" klubi ustozi
bo'lib ishlamoqda.
"Nefteximik" Rossiya birinchi divizionida 24ta
turdan so'ng 16 ochko bilan 20ta jamoa orasida so'nggi pog'onada bormoqda.
Bobur Davlatov dekabr oyida "Olmaliq" klubi yig'inida ishtirok etgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar