05 fev 09:09
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/321903_220.jpg)
Bogdan Guskov UFC'dagi bitta jangiga tayyorlanishi uchun qancha pul sarflashini aytdi
Yarimog'ir vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz Bogdan Guskov jangiga tayyorgarlik bo'yicha qancha pul sarflanishini ochiqladi.
"Bitta jang uchun eng kamida 12 ming AQSH dollari kerak bo'ladi. Bu o'rtacha sarflanadigan mablag'. Qaerda va kimlar bilan sparring mashg'ulot asosida tayyorgarlik ko'rishingizga ham bog'liq bo'ladi bu summa", dedi Guskov Toshkentdagi matbuot anjumanida.
Bogdan UFC'da hozirga qadar 4 ta jang o'tkazib, 3 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi. U Liga reytingida 13-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar