So’nggi yangiliklar

19:54"Бу жангни беш мартача қайта кўрдим". Сауль Альварес Кроуфорддан учралган мағлубият ҳақида гапирди 0 19:23"Топурия энди аввалгидек бўла олмайди" - Пэдди Пимблетт 0 18:52Фьюри ва Жошуа WBA Super камари учун жанг қилади — Фрэнк Уоррен 0 18:21Бундеслигада сермаҳсуллик рекорди ўрнатилди 0 17:50Баҳодир Жалолов жанг қиладиган Лондондаги бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19Фомин Хитойдаги турнирининг 1/2 финалида ўйнайди 0 16:48Волкановски фаолиятидаги сўнгги жангни кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 16:17"Ризеспор" матбуот хизмати Ҳусниддин Алиқулов ҳолати бўйича расмий маълумот берди 0 15:46Шара Буллет собиқ UFC чемпионига қарши жанг қилади 0 15:15Жаҳон чемпионати старт олмоқда, бугун икки боксчимиз рингга чиқади 0 14:44Фьюрининг менежери: "Саудия Арабистони энди бундай катта маблағ сарфламайди" 0 14:13Апелляция муваффақиятсиз чиққан тақдирда "Сити" 7-10 йилга Еврокубоклардан четлатилиши мумкин 0 13:42Классик шахматда катта ўзгариш: партиялар вақти қисқариши мумкин! 0 13:11Рико Верховен Деонтей Уайлдерга қарши жанг қилишга розилик берди 0 12:40Дана Уайт Перейранинг UFC шарҳловчиларига таъсир ўтказиши ҳақидаги гапларини рад этди 0

21 iyu 19:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev

Teglar :  Farrux Qilichev
Barchaga malumki, o'zbek boks maktabi o'z nufuziga ega.

O'zining ajoyib natijalari va kuchli tarbiyalanuvchilari bunda muhim rol o'ynaydi. Bugun biz zamonaviy o'zbek boksiga o'zining hissasini qo'shishga ulgurgan yosh murabbiy haqida malumotlar bermoqchimiz. 

Qilichev Farrux Komilovich - 1985 yili Jizzax shahrida tug'ilgan. 10 yoshidan boshlab boks bilan shug'ullana boshlagan va yoshligidanoq o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'yaboshlagan. Sportchilik faoliyati davomida O'zbekiston chempionatlari va xalqaro musobaqalarning ko'p karra chempioni bo'lgan.

1999 yilda CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga o'qishga kiradi. 2004 yilda esa O'zDJSUga o'qishga kiradi. CHirchiqdagi kollej murabbiylari Rustam Saidov va To'lqin Qilichev unda nafaqat sportchilik, balki murabbiyga hos bo'lgan hislatlarni sezishadi va unga murabbiylik jamoasida ishlashni taklif qilishadi. 2005 yildan boshlab Farrux murabbiylik faoliyatini boshlaydi. Kollejda faoliyat olib borayotgan Qilichev murabbiylik sir-asrorlarini o'rganadi, o'z ustida tinimsiz ishlaydi, jahon boksida ro'y berayotgan boks yangiliklarini diqqat bilan kuzatib boradi. 

2016 yilda Farrux Qilichev CHirchiq olimpiya o'aziralari kolleji murabbiylar shtabi boshqaruvini qo'lga oladi va o'shandan buyon o'zbek boksi ravnaqi yo'lida mehnat qilib kelmoqda. 

U murabbiylik faoliyati davomida O'zbekiston chempionlari va xalqaro turnirlar g'oliblari bo'lgan yosh bokschilarni tarbiyalab kelmoqda. Uning shogirdlari doimo terma jamoa safida munosib natijalarni qo'lga kiritib kelishmoqda. 

Ular orasida quyidagi bokschilarni alohida ko'rsatib o'tishimiz mumkin:

 

Dilshodbek Ro'zmetov

O'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati kumush medal sohibi (Toshkent, 2015)

O'smirlar o'rtasida jahon chempionati kumush medali sohibi (Sankt-Peterburg, 2015)

Kattalar o'rtasida jahon chempionati kumush medali sohibi (2019, Ekaterinburg)

 

Jahongir Rahmonov

O'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati kumush medali sohibi (Toshkent, 2015)

Yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati bronza medali sohibi (Bangkok, 2018)

III O'smirlar Olimpiadasi sovrindori (2018, Buenos-Ayres)

 

Timur Ergashev

O'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati kumush medali sohibi (2017, Bangkok)

 

Timurbek Sadullaev

O'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati kumush medali sohibi (2015, Toshkent)

 

Ruslan Abdullaev 

O'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bronza medali sohibi (2017 yil)

 

SHavkat Boltaev 

O'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati chempioni (2019, Quvayt)

 

Feruza Kazakova 

O'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati chempioni (2019, Fujayra)

 

Bundan tashqari Farrux Qilichev Rustam Saidov va To'lqin Qilichev bilan birga Bahodir Jalolovdek jahon chempionini tayyorlashda o'z hissasini qo'shgan. 

 

2019 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "SHuhrat" medali bilan taqdirlangan. 

Oilali, uch nafar farzandi bor. CHirchiq shahrida yashaydi. Ammo asosiy vaqtini terma jamoa yig'inlarida o'tkazadi. 

O'zbekiston boks federaciyasi Farrux Qilichevning hissasini yuksak qadrlaydi va hurmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing