18 mar 17:01
Yangiliklar
Gimnastika

Bokudagi Jahon kubogida g'olib bo'lgan Oksana CHusovitinaga avtomobil sovg'a qilindi (FOTO)
8 mart kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tgandi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi azosi Oksana CHusovitina o'zining sevimli tayanib sakrash dasturi finalida 13.516 ball to'plab, oltin medalga ega chiqqandi.
Bu g'alabadan keyin o'zbek sporti afsonasi, bu yil 50 yoshga to'ladigan Oksana CHusovitinaga BYD Song Plus DM-i CHAMPION rusumidagi avtomobil sovg'a qilindi. Bu haqda Olamsport.com muharriri Aziz To'xtamurodov o'zining Telegram'dagi kanalida xabar berdi.
Malumot o'rnida, O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisi Ulug'bek Ro'ziqulov "O'zavtosanoat" AJ rahbari hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar