22 may 11:52
Yangiliklar
Gimnastika
CHusovitina va yana 6 nafar sportchimiz Jahon chellenj kubogining ilk kunida finalga yo'l oldi
Toshkentda sport gimnastikasi bo'yicha Jahon chellenj kubogi o'tkazilmoqda.
19 mamlakat sportchilari ishtirok etayotgan musobaqaning ortda qolgan kunida ochilish marosimi va dastlabki saralash bahslari tashkil etildi. Unda quyidagi atletlarimiz final yo'llanmalariga ega chiqishdi:
Ayollar, tayanib sakrash: Oksana CHusovitina, SHaxribonu Yusupova
Baland-past to'sindagi mashq: Dildora Aripova.
Erkaklar, erkin mashq: Humoyun Islomov
Sport otidagi mashq: Mansur Rahmatov
Xalqa: Axrorxon Temirxonov, Ozotilla Abdurasulov.










Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar