14 avg 18:10
Yangiliklar
Engil atletika
Bolt: "100 metrlik startdan so'ng meni Muhammad Aliga o'xshatishgandi"
Yamaykalik sportchi Useyn Bolt London-2017 jahon chempionatida ishtirok etganidan afsusda emas.
U jahon chempionatida 100 metrlik bahslarda faqatgina bronza medalini qo'lga kirita oldi. 4x100 estafetani esa jarohati sababli oxirigacha etkaza olmadi.
"Fikrimcha, ushbu chempionat men amalga oshirgan ishlarni o'zgartira olmaydi. 100 metrda bronza medalini qo'lga kiritganimdan so'ng kimdir menga aytgandi: "Hafa bo'lma Useyn. Muhammad Ali ham so'nggi jangida mag'lubiyatga uchragandi". Men yillar davomida kuchimni ko'rsatdim. So'nggi yugurishimda g'alaba qozona olmaganim nimanidir o'zgartirib qo'ymaydi", - deydi Bolt.
Havola :
Manba : Insidethegames
Fikrlar