08 avg 13:30
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Bolt sog'lig'idagi muammolarga qaramay 4x100m estafetasida qatnashadi
Sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt sog'lig'idagi muammolarga qaramay, Londondagi JCHda 4x100m estafetasida ishtirok etadi.
			"Ko'ramiz, nima bo'larkin. Biz yigitlar bilan estafeta palochkasini bir-birimizga berganimiz yo'q. Lekin, ishonchim komilki, biz tayyormiz. Men yosh yuguruvchilarimiz bilan gaplashganim yo'q. Lekin, men estafetada ishtirok etishdan doim xursand bo'laman. 
Jismoniy tomonlama menda barchasi joyida. Ozgina og'riq bor. Lekin, bu halal bermaydi.
Men bu erda ekanligimdan xursandman va estafetani sabrsizlik bilan kutmoqdaman", - deydi Bolt.
            Havola            :         
                    Manba                : sports.ru
             
			
Fikrlar