02 iyu 18:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/844_220.jpg)
“Borussiya” Mxitaryanning “Manchester Yunayted”ga o'tganini tasdiqladi
“Manchester Yunayted” bizga jiddiy taklif bilan chiqdi. Agar biz bu taklifga rad javobini berganimizda, u 2017 yili Dortmundni tekinga tark etardi”, - deydi “Borussiya” bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke.
Avvalroq, Armaniston terma jamoasi etakchisining “Manchester Yunayted” bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekishi aytilgandi. 27 yoshli xavbek yangi jamoasida yiliga 12 million evro miqdorida maosh oladi. “Qizil iblislar” futbolchining transferi uchun taxminan 32-36 mln. evro saflaydilar.
Malumot uchun, Mxitaryan 2013 yili Doneckning “SHaxtyor” klubidan “Borussiya”ga ko'chib o'tgandi. Genrix dortmundliklar tarkibida 140ta uchrashuvda maydonga tushib, 41ta gol kiritdi va 49ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar