23 avg 10:34
Yangiliklar
"Bavariya" "Borussiya"ni mag'lub etib, 2026 yilgi Germaniya Superkubogi egasiga aylandi
Uchrashuv "Dortmund" stadionida bo'lib o'tdi. Myunxen jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
28-daqiqada "Bavariya" himoyachisi Nataniel Braun o'yinda hisobni ochdi. Vinger Maykl Olise 45+1-daqiqada jamoasining ustunligini ikki barobarga oshirdi. 75-daqiqada "Borussiya" forvardi Fabiu Silva hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi. 90-daqiqada "sariq-qoralar" himoyachisi Rami Bensebaini qizil kartochka oldi.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Bavariya" 89 ochko jamg'arib, Germaniya chempioniga aylangan edi. SHunga qaramay, Myunxen klubi Germaniya kubogida ham zafar kuchdi. Dortmundning "Borussiya"si esa mamlakat Superkubogida vice-chempion sifatida ishtirok etdi.
2025 yilda Germaniya Superkubogini ham "Bavariya" qo'lga kiritgan edi. Myunxen klubi "SHtutgart"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Fikrlar