20 jan 08:27
Yangiliklar
Futbol

"Borussiya"ni mag'lub etgan "Bayer" 2-o'ringa ko'tarildi
Germaniya chempionatining 17-turi doirasidagi markaziy uchrashuv Liverkuzenda bo'lib o'tdi.
O'z uyida "Borussiya"ni qabul qilgan "Bayer" g'alabaga erishdi (2:1). O'yinda hisob mezbonlar vakili 21 yoshli Mussa Diabi tomonidan 14-daqiqada ochildi. 67-daqiqada dortmundliklar vakili Yulian Brandt hisoni tenglashtirgan bo'lsa, uchrashuv yakuniga 10 daqiqa qolganda "Bayer"ning 17 yoshli yarim himoyachisi Florian Virtc o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi - 2:1.
Ushbu g'alabadan keyin leverkuzenliklar 32 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarilib olishdi ("Leypcig"da 1 ta o'yin kam) - TURNIR JADVALI
Havola :
Fikrlar