So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

17 sen 10:11
Yangiliklar

Xokkey

Bosh murabbiy va sardorimiz "Humo"ning kechagi mag'lubiyatiga izoh berishdi

Xabaringiz bor, kecha oqshom "Humo" xokkey klubi Qozog'iston Ochiq chempionatidagi to'rtinchi o'yinini o'tkazdi.

Xokkeychilarimiz murosasiz kechgan uchrashuvda "Gornyak" klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Bir kun avval bu ikki jamoaning ilk o'yinida "Humo" 3:0 hisobida zafar quchgan edi.

Kechagi o'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "Humo" klubi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin hamda jamoamiz sardori Igor Ignatushkin savollarga javob berishdi. Dastlab Ignatushkin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yinni yaxshi boshladik. Dastlabki o'n daqiqalikda bir nechta qulay vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Yaxshi startni gol bilan yakunladik. Afsuski, qolgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Qolgan daqiqalarda mehmonlar ustulikka erishishdi. SHunga qaramay, bahs yakunida bosimni kuchaytirdik va buning natijasida hisobni tenglashtirdik. Lekin oz qolganida biroz chiday olmadik. Jamoamiz tarkibi yosh, balki shu ham tasir qilayotgandir. Barqarorlik va tajriba etishmayapti. Xatolardan xulosa chiqaramiz. O'tkazib yuborilgan goldan keyin ham muvozanatni tiklashimiz mumkin edi. Vaziyatlar yuzaga keltirildi. Kiyinish xonasida yigitlar bilan gaplashib oldik. Oldinda bizni qiyin safar o'yinlari kutib turibdi. Ketma-ket 8 ta uchrashuv o'tkazishimiz kerak. Qozog'istonda 20 kun qolib ketamiz. 

- "Gornyak"ning o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- Alohida qayd etadigan jihatini ko'rmadim. Ular o'z o'yinlarini ko'rsatishdi. Biz o'zimiz ularga imkoniyat taqdim etdik. Hisob 2:1 ko'rinishiga kelganidan keyin mehmonlar yopilib olishdi va himoyaviy o'yin namoyish etishdi. Harakat qilib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldik. Ammo, bir necha soniyalik xotirjamlik bizga qimmatga tushdi. 


SHundan so'ng Evgeniy Popixin ham o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- Hisobda ortda qola turib, muvozanatni tiklashga erishdik - 2:2. Bu xokkey. Xatolar evaziga mag'lubiyatlar qabul qilib olinali, g'alabalar qo'lga kiritiladi. Gohida tajribali o'yinchilar ham xatolarga yo'l qo'yishadi. Jamoamiz tarkibini turli klublardan taklif etilgan xokkeychilar hisobiga to'ldirganmiz. Bizga vaqt kerak. Jamoada sekin-asta o'yin tizginini o'z qo'liga oladigan liderlar shakllanadi. Afsuski, o'tgan o'yinlarda men ana shu narsani ko'rmadim. Tarkibni shakllantirish, o'z o'yinimizni yo'lga qo'yish jarayoni davom etmoqda. Yigitlarning xarakteri ustida ham ishlayapmiz. Oldinda qiladigan ishlarimiz bisyor. Hozir boridan foydalanyapmiz. 


- Inobatga olinmagan ikki gol borasida fikringiz qanday?

- Bitta qoida bor - hakam har doim haq. SHu sababdan, bu masalada men uchun gapirish qiyin. Birinchi inobatga olinmagan golga qo'shilaman. Ikkinchisini hali ko'rib chiqmadim. O'yin bo'yicha gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Vaziyatlar yuzaga keltirildi, ammo individual mahorat etishmadi. Eng katta kamchiligimiz ham hozircha shu bo'lib turibdi. Nima ham derdim, boshni baland ko'targan holda ishlashda davom etamiz. 

Malumot uchun, hozirda "Humo" hisobida to'rt ochko bor. "Gornyak" esa ushbu g'alaba orqali ochkolari sonini to'rttaga etkazib oldi. Jamoamiz navbatdagi o'yinni 25 sentyabr kuni mehmonda, "Beybaris"ga qarshi o'tkazadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing