So’nggi yangiliklar

18:07Боб Арум: "Кўпчилик у Иноуэни мағлуб этишига ишоняпти" 0 17:38Жаҳонгир Жумаев ва Суҳроббек Атажанов UAE Warriors 60 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:03ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди? 0 16:32Рамазон Темиров Таиландда Холмурод Нурматов билан бирга шуғулланяпти (ФОТО) 0 15:58Боб Арум: "Ломаченконинг муаммолари бор" 0 15:27UFC 316 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0 14:27“Eindhoven Cup”. Бугун боксчиларимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилишади 0 13:57Tashkent W15 турнирида финалчилар аниқланди 0 13:29UFC 316 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 13:04Неймар коронавирус юқтириб олди 0 12:36Икки Олимпиада чемпионимиз "Эйндховен кубоги"да иккинчи жангларини ўтказишди 0 12:11Дзюдо бўйича ўсмирлар терма жамоамиз Сочи ва Горига жўнаб кетди 0 11:39"Ролан Гаррос". Аёллар ўртасидаги бош соврин ҳамда €2,550,000 кимга насиб этди? 0 11:14Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади 0

14 okt 10:20
Yangiliklar

SHaxmat

Bosh sovrin “SPARK” avtomashinasi bo'lgan onlayn shaxmat musobaqasi avjida

Teglar :  SHaxmatSpark
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Esports Uzbekistan federaciyasi hamda Sport Luxury Event Promotion bilan hamkorlikda joriy yil 20 iyuldan shaxmat bo'yicha onlayn O'zbekiston musobaqasini o'tkazayotganidan xabaringiz bor.

«Uyda qol va g'alaba qozon!» shiori ostida o'tayotgan musobaqaning shu kungacha uchta saralash bosqichi yakuniga etib, natijalarga ko'ra 300 nafar havaskor shaxmatchi joriy yil 20 dekabr kuni Toshkentda o'tkaziladigan GRAND FINAL yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurishdi.

SHu kunlarda esa shaxmat bo'yicha onlayn O'zbekiston musobaqasining 4-tur bahslari qizg'in davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etishni istagan yurtdoshlarimiz hoziroq ro'yxatdan o'tib, bahslarga qo'shilishi hamda omadi chopsa, eng kuchli shaxmatchilar qatorida GRAND FINAL ishtirokchisiga aylanishlari mumkin. SHunday ekan, imkoniyatni qo'ldan bermang. Darhol ro'yxatdan o'ting, shaxmat o'ynang va GRAND FINAL ishtirokchisiga aylaning!

Eslatib o'tamiz, shaxmat bo'yicha onlayn O'zbekiston musobaqasining mutloq g'olibi “SPARK” avtomobilini qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing