So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

19 fev 08:53
Yangiliklar

Boshqalar

Bosh vazir o'rinbosari Namangan viloyatidagi sport obektlarini ko'zdan kechirdi

Teglar :  Aziz Abduhakimov
Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezident SHavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga jo'nab ketdi.

Tashrifdan ko'zlangan maqsad – avval qo'yilgan vazifalar ijrosi bilan tanishish, mahallalardagi sharoitni o'rganish, aholini o'ylantirayotgan muammolardan kelib chiqib, navbatdagi rejalarni belgilash.

Davlatimiz rahbari bilan birga hukumat azolari, jumladan, O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduxakimov ham ayni vaqtda Namangan viloyatida bo'lib turibdi.

Bugun bosh vazir o'rinbosari A.Abduhakimov Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Avaz Karimov hamda Namangan viloyat hokimining turizm va sport ishlari bo'yicha maslahatchisi Botir Nuritdinovlar hamrohligida Namangan viloyatidagi bir qator sport obektlari hamda Namangan shahrida turizmni rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, mehmonlar Namangan shahar Davlatabod tuman 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabining yangidan barpo etilayotgan inshooti, Badminton markazi, «Navbahor» Markaziy stadioni hamda Namangan viloyat futbol mahorat maktabining rekonstrukciya qilinib, zamon talablari darajasida tamirlangan obekti, qolaversa «Afsonalar vodiysi bog'i» er maydonidagi masjidning qurilishi va shahar markazida barpo etilgan velosiped yo'lakchalari, umuman «Salomatlik yo'laklari»ni ko'zdan kechirdi.

SHuningdek, Aziz Abduxakimov mavjud sport inshootlarining samaradorligini oshirish, ularda doimiy ravishda yoshlar va mahalla aholisi sport bilan shug'ullanishini taminlash, «Salomatlik yo'laklari»dan maksimal darajada foydalanish kabi masalalarda o'z taklif va tavsiyalarini berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing