30 may 10:09
Yangiliklar
Tennis
Brayan - 500 hafta reyting peshqadami bo'lgan tarixdagi ilk tennischi!
Amerikalik raketka ustasi Mayk Brayan ATP reytingida 500 hafta peshqadamlik qilgan tennis tarixidagi ilk tennischiga aylandi.
Brayan ATPning juftlik reytingi karvonboshiligini 500 haftadan beri hech kimga bermay kelyapti. Mayk "Katta Dubulg'a" turnirlarida 18 marotaba bosh sovrin sohibiga aylangan. 41 yoshli Brayan umumiy hisobda 123 ta ATP turnirlarida chempion bo'lgan. London-2012 Olimpiadasi oltin medalini qo'lga kiritgan.
Takidlash joiz, reyting peshqadami bo'lish borasida Maykning egizagi Bob 439 hafta ko'rsatkich bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Yakkalik reytingda Rojer Federer 310 haftalik ko'rsatkich bilan birinchi o'rinda bormoqda. Ayollar reytingi yakkaligida SHteffi Graf (377) birinchi o'rinda!
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar