08 iyu 08:41
Yangiliklar

Braziliya 9 karra Kopa Amerika g'olibi!
Uchrashuvda hisob 15-daqiqada Gabriel Jezusning uzatmasidan so'ng «pentakampeonlar» forvardi Everton tomonidan ochildi. Keyin Paolo Gerrero penaltinidan unumli foydalanib, o'rtadagi farqni tikladi.
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada esa Jezus darvozani ishg'ol etib, muvozanatni yana o'z jamoasi tomonga og'dirdi. Keyingi bo'limning o'rtalarida tinib-tinchimas Jezus perulik futbolchiga qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
Uchrashuv tugashiga oz fursat qolganida esa Risharlison 11 metrlik nuqtadan raqib darvozasini aniq nishonga olib, o'yindagi yakuniy hisobni belgiladi.
SHu tariqa, braziliyaliklar o'z tarixida 9-marotaba qita birinchiligida zafar quchishdi. Peru esa uchinchi bor finalga chiqib, ilk marta mag'lubiyatga uchradi.
Fikrlar