05 iyu 07:25
Yangiliklar
Futbol

Braziliya Amerika Kubogida ishtirok etmaydi
AS nashri Braziliya termasi Amerika Kubogida ishtirok etishdan bosh tortganini malum qildi.
Yozilishicha, terma rahbariyati futbolchilar bilan bu borada gaplashib olgan. SHuningdek, ular boshqa termalar futbolchilariga ham turnir davomida ortiqcha harakatlar qilmaslikni so'ramoqda.
Aslida turnir Kolumbiya va Argentina davlatlarida o'tishi kerak edi. Ammo Kolumbiya siyosiy holati, Argentina esa epidemiologik holati sababli turnirni o'zida qabul qila olmaydigan bo'ldi.
Turnir boshlanishiga oz vaqt qolganida mezbonlik Braziliyaga topshirilgani esa braziliyaliklarga yoqmadi. Mezbonlik Braziliyaga rasman topshirilganidan keyin termaning biror futbolchisi bu borada gapirishni ham istamayapti.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar