29 noy 13:30
Yangiliklar
Futbol

Braziliya futbol klubi Kolumbiyada aviahalokatga uchradi
Braziliyaning “SHapekoense” klubi uchib ketayotgan samolyot aviahalokatga uchradi.
Ushbu jamoa Kopa Sudamerikana (Evropa ligasi analogi) finaliga uchib ketayotgan edi. Uchrashuv Kolumbiyaning Medelin shahrida bo'lishi rejalashtirilgandi.
Ikkinchi finalchi “Atletiko Nasonal” ushbu voqeaga Tvitter tarmog'i orqali o'z munosabatini bildirdi.
“Aviahalokat munosabati bilan “Nasonal” klubi “SHapekoense”ga hamdardlik bildiradi”, - deyiladi “Atletiko Nasonal” jamoasi xabarida.
Uchrashuv boshqa muddatga qoldirildi. Hozircha aviahalokat haqida aniq malumotlar yo'q, ammo turli manbalarning malumotlariga ko'ra tirik qolganlar bor.
Havola :
Fikrlar